“Musaffo Obi Hayot” MCHJ tomonidan aholi murojaatlari asosida 2021-2023 yillar davomida o`z mablagi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarning Manzilli ro`yhati ishlab chiqilib, 2020 yil yakunida tasdiqlangan. Shunga qaramay, Qibray tumani “Nurafshon” MFY “Temiryo`lchilar” ko`chasi aholisining murojaatlarini inobatga olib, joriy yilning 2-choragi davomida Д-102 mm li tarmoqning 83 m qismi Д-110 mm li tarmoqga navbatdan tashqari almashtirildi.